Jo‘rayev va Nuriddinov Osiyo chempionatida ishtirok etadi

Sport

image

Og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiada chempionlari Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nuriddinov shu yilning 2-10 fevral kunlarida Toshkent shahri mezbonlik qiladigan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida qatnashadi. Bu haqda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Jo‘rayev va Nuriddinovdan tashqari erkaklar o‘rtasida yana 10 nafar O‘zbekiston vakili qit’a birinchiligida mamlakat sharafini himoya qiladi.

Ta’kidlash joiz, Osiyo chempionatida shu yili Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlari uchun ham muhim reyting ochkolari o‘ynaladi. 

Hozirda O‘zbekiston erkaklar og‘ir atletika terma jamoasi Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo‘lajak musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayollar jamoasi esa qit’a birinchiligiga Chirchiqda hozirlik ko‘radi.

Erkaklar: 

-61 kg: Adhamjon Ergashev;
-67 kg: Diyorbek Ro‘zmetov;
-67 kg: Husinboy Matrasulov;
-73 kg: Doston Yoqubov;
-73 kg: Muhammadqodir Toshtemirov;
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov;
-89 kg: Nursulton Esbergenov;
-96 kg: Sunnatilla O‘sarov;
-102 kg: Akbar Jo‘rayev;
-102 kg: Ruslan Nuriddinov;
-109 kg: Sharofiddin Amriddinov;
+109 kg: Rustam Jangaboyev. 

Ayollar: 

-45 kg: Munisa Odilova;
-49 kg: Jamila Panfilova;
-59 kg: Nigora Abdullayeva;
-59 kg: Lyudmila Elefteriadi;
-64 kg: Shahnoza Jabborova;
-64 kg: Ozoda Hojiyeva;
-71 kg: Mashhura Rustamova;
-81 kg: Rigina Adashbayeva;
-87 kg: Nigora Suvonova;
+87 kg: Tursunoy Jabborova.


Maqola muallifi

Teglar

Og'ir atletika Ruslan Nuriddinov Akbar Jo'raev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing