Osiyo o‘yinlaridagi O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari aniq bo‘ldi 

Sport

image

Toshkentda O‘zbekiston sport delegatsiyalarini Ayti-Nagoya -2026 XX yozgi Osiyo va V Para Osiyo o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Akbar Jo‘rayev va Marjona Pardaboyeva O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari bo‘lishi ma’lum qilindi.

Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati, sportchilar va murabbiylar, faxriylar hamda keng sport jamoatchiligi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan Abdulla Aripov bo‘lajak mas’uliyatli bahslarda o‘zbekistonlik atletlarga omad va muvaffaqiyat tiladi. 

Marosim davomida og‘ir atletika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Akbar Jo‘rayev Olimpiya sport turlari nomidan, para velosport bo‘yicha jahon chempioni Marjona Pardaboyeva esa Paralimpiya sport turlari nomidan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini qabul qilib oldi.

Ma’lumot uchun,  Ayti-Nagoya -2026 Osiyo o‘yinlari joriy yilning 19 sentyabridan 4 oktyabriga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing