Yana bir oltin! Akbar Jo‘rayev jahon rekordini o‘rnatdi

Sport

−

image

O‘zbekiston sportchilar delegatsiyasi vakili og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida dast ko‘tarish mashqida jahon rekordini o‘rnatdi va musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi. 

Bugun, 29 sentyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlarining 10-kun dasturlari o‘tkazilmoqda. Unda og‘ir atletikaning dast ko‘tarish yo‘nalishida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik vakil Akbar Jo‘rayev 197 kilogramm og‘irlikdagi shtangani ko‘tarib, mutlaq jahon rekordini qayd etdi.

Shundan so‘ng Jo‘rayev siltab ko‘tarish mashqida bahs olib bordi. Og‘ir atletikachi bu yo‘nalishda ham 226 kilogrammlik natija bilan Osiyo rekordini ham yangiladi va Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida oltin medalni naqd qildi.

110  kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan sportchi ikki mashq yakuniga ko‘ra 423 kilogramm natija bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa O‘zbekiston vakillari Osiyo o‘yinlaridagi 13-oltin medalga egalikni rasmiylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 sentyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining kurash bahslarida o‘zbekistonlik kurashchilar ikkita ta oltin va bitta bronza medalni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing