JSST pandemiyaning tugashi haqida gapira boshladi
Olam
−
07 dekabr 2020
16323Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasi tugashi ehtimoli haqida bayonot berdi. Biroq tashkilot uning tugashi uchun barcha kuchlarni safarbar qilishga chaqiryapti. Xususan, sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyani ko‘paytirish kerak.
So‘nggi haftalarda koronavirusga qarshi vaksinalarni sinash natijasida ijobiy natijalar qayd etildi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.
JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, pandemiyaning yakuni haqida orzu qilish mumkin. Shuningdek, Gebreyesus yangi pandemiyadan saqlanish uchun BMT davlatlarini vaksina va xavfsizlik choralari uchun investitsiya kiritishga chaqirdi.
Bundan tashqari, JSST direktori nisbatan boy davlatlardan vaksinaga yetish poygasida kambag‘alroq davlatlarni chetda qoldirmaslikni so‘radi. U COVID-19 pandemiyasi global inqiroz ekanini, shu sababdan xalqaro darajada muhim vositalarni teng taqsimlash kerakligini ta’kidladi.
“Pandemiya sog‘liqni saqlash sohasidagi inqiroz, shuningdek, ijtimoiy, iqtisodiy va gumanitar sohadagi inqiroz ekanini ko‘rsatdi”, degan Gebreyesus.
JSST direktori vaksinalarni ommaviy sotib olish va tarqatish qo‘shimcha 4,3 mlrd dollar investitsiya talab qilishini taxmin qildi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiyadagi “Sputnik V” vaksinasidan tashqari, AQSHda ham bir nechta vaksina sinovlari muvaffaqiyatli yakuniya yetib qoldi. Buyuk Britaniya birinchilardan bo‘lib Pfizer kompaniyasi ishlab chiqqan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Uning samaradorligi 95 foizni tashkil qilgandi.
Shuningdek, Moderna kompaniyasi ham o‘z vaksinasi 95 foiz samara ko‘rsatganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi