JSST maymunchechakka qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalarni e’lon qildi
Olam
−
20 avgust
7709Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymunchechak (M-pox) tarqalishiga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha vaqtinchalik tavsiyalarni qabul qildi. Tavsiyalar kasallanish ko‘paygan mamlakatlarga tegishli. Bu haqda JSST veb-saytida xabar berildi.
Xususan, Kongo Demokratik Respublikasi (KDR), Burundi, Keniya, Ruanda va Uganda davlatlari ushbu chora-tadbirlarni 2025 yil 20 avgustgacha doimiy tavsiyalarga qo‘shimcha ravishda amalga oshirishi kutilmoqda.
Vaqtinchalik tavsiyalar qatorida favqulodda vaziyatlarda harakatlarni muvofiqlashtirish, birgalikda kuzatuv va laboratoriya diagnostikasi, bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni kengaytirish, transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash, emlash, moliyalashtirishni kengaytirish va boshqalar mavjud.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning birinchi yarmida 1854 ta M-pox holatlari aniqlangan. Bundan tashqari, tasdiqlangan holatlarning 95 foizi KDRda qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, JSST maymunchechak virusi sababli global favqulodda holat e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi