JSST ekspertlari koronavirus borasida yanglishdi – Tramp

Olam

image

Rasmiy Vashington Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) byudjetini moliyalashtirishdan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp 7 aprel kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tashkilotning ishlashi uchun katta miqdordagi mablag‘ ajratgan. Ammo uning ekspertlari dunyoda koronavirus tarqalishi haqidagi prognozlarida qattiq yanglishgan.

“Biz ushbu masalani diqqat bilan ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, JSST'ni moliyalashtirishni to‘xtatamiz. Ko‘raylikchi, nima bo‘lar ekan" deydi Tramp.

JSST'ni moliyalashtirish to‘xtatilishi aniqmi degan savolga Tramp "Balki, unday bo‘lmas" deya javob berdi.

Ma’lumot uchun AQSH hozirda koronavirusga chalinganlar eng ko‘p aniqlangan davlat bo‘lib turibdi. 

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh JSST Donal'd Tramp

Baholaganlar

499

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing