Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Og‘ir vaznda ikki karra jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua shu yilning 12 avgust kunida Londondagi turnirda Robert Xeleniusga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda “Matchroom Boxing” o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Entoni Joshua 33 yoshda. Fevral oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida sobiq chempion Jermeyn Franklinni hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi. Ungacha Joshua WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari sohibi ukrainalik Aleksandr Usikdan ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchradi.

Xelenius oxirgi marta 5 avgust kuni ringga chiqib, uchinchi raundda Mik Miyelonenni texnik nokautga uchratgan edi. Hammasi bo‘lib uning hisobida 32 g‘alaba (21 nokaut bilan) va 4 ta mag‘lubiyat bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Joshuaning Dillian Uaytga qarshi jangi bekor qilingandi. Jang Ixtiyoriy antidoping assotsiatsiyasi (VADA) tomonidan o‘tkazilgan giyohvand moddalarni iste’mol qilish testi natijalari asosida bekor qilingan. Gap shundaki, britaniyalik bokschi Dillian Uaytning VADAʼga topshirgan namunalari orqali uning qonida ta’qiqlangan moddalar borligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Joshua Aleksandr Usik Robert Xelenius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing