Joshua-Ngannu jangidan kim qancha gonorar oladi?

Sport

image

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua va kamerunlik sobiq MMA ustasi Fransis Ngannu mart oyida Saudiya Arabistonida jang qiladi. Jangdan ikkala tomon qanchadan gonorar ishlab olishiga oydinlik kiritildi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Entoni Joshua bu jang uchun 50 million dollar topishi mumkin. WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuri ham Ngannuga qarshi jangdan xuddi shuncha miqdorda gonorarga ega bo‘lgan edi. Ngannu esa jangdan taxminan 20 million dollar ishlab olishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, jang 8 mart kuni bo‘lib o‘tishi e’lon qilingan, biroq yaqin kunlarda sportchilar vakillari Londonda matbuot anjumani o‘tkazadi va anjumanda jangning aniq sanasi rasman e’lon qilinadi.

Oktyabr oyida Ngannu boshqa britaniyalik bokschi Tayson Fyuriga qarshi jang qilgandi. Kamerunlik sportchi 3-raundda Fyurini nokdaunga uchratganiga qaramay, ikki hakamning qarori bilan mag‘lub bo‘ldi. Joshua o‘zining so‘nggi jangini o‘tgan oyda shvetsiyalik Otto Valinga qarshi o‘tkazib, 5-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Joshua Fransis Ngannu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing