Joshua “asr jangi”ga rozilik beradi
Sport
−
25 yanvar 2022
4059Professional boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua 20 million dollar evaziga Aleksandr Usikning mutlaq chempionlik unvoni uchun Tayson Fyuri bilan jang qilishiga rozilik beradi.
“Biz kelishuvga erisha olsak, turli yo‘l bilan biror narsani hal qilishimiz mumkin. Boksni tushunadigan har bir inson Tayson va Usik o‘rtasidagi inkor etib bo‘lmaydigan jangni ko‘rishni istaydi”, deydi promouter Frenk Uorren.
Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri joriy yilning 10 oktyabr kuni amerikalik Deontey Uaylderni (42-2) nokautga uchratib, o‘ziga tegishli WBC va The Ring titulini saqlab qolgan edi.
Aleksandr Usik esa 25 sentyabr kuni britaniyalik Entoni Joshuani mag‘lub etgan va super og‘ir vazn toifasida WVA (Super), IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan edi.
Shundan so‘ng, Joshua ehtimoliy revansh bo‘yicha shartnoma bandini faollashtirib, chempionlik kamarlarini qaytarib olmoqchi bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Joshua – Usik revansh jangi 2022 yilning fevral-mart oylarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.
LiveBarchasi