Joriy yilda asosiy soliqlar oshirilmaydigan bo‘ldi
Jamiyat
−
01 noyabr
41492024 yil yakuniga qadar O‘zbekistonda asosiy soliqlar oshirilmaydi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, saqlab qolinadigan soliq stavkalari quyidagicha:
Ammo suvni isrof qilishni kamaytirish maqsadida avtomobillarni yuvishda ishlatiladigan suv uchun soliq stavkasini qayta ko‘rib chiqiladi. Endilikda mashinani yuvishga ketgan 1 kub metr suv uchun iste’molchilar 15 ming so‘mdan pul to‘lashi mumkin. Taqqoslash uchun, bugungacha iste’molchilar avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suvning 1 kub metri uchun 2410 so‘m to‘lamoqda. Tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish maqsadida esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlari – sanoat, xizmatlar, qurilish va boshqalar uchun suv solig‘i bir xil o‘rnatilmoqda.
Biroq endilikda tarkibida shakar bo‘lgan barcha salqin ichimliklar uchun aksiz solig‘i joriy etilmoqda. Amalda esa bunday soliq faqat gazlangan shirin ichimliklarga nisbatan qo‘llanilar edi.
“Jahon savdo tashkiloti talablariga asosan tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha foyda solig‘i imtiyozi bekor qilinmoqda”, deyilgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida.
Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning ochiqlashicha, O‘zbekistondagi soliq yuki asosiy hamkor davlatlarga, masalan, Qozog‘iston va Rossiyaga nisbatan baland emas.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda o‘rtacha oylik ish haqi 583 AQSH dollaridan balandni tashkil qiladi. Rossiyada esa bu ko‘rsatkich 535 AQSH dollariga teng. O‘zbekistonda esa o‘rtacha maosh xalqaro reytinglarda 452 dollar etib ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda byudjet taqchilligi va tashqi qarz miqdori oshayotgani haqida videomaterial e’lon qilgan edik.
LiveBarchasi