Joriy o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Jamiyat
−
23 sentabr 2025 11226 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari quyidagicha:


Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yilida respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini to‘lash muddati 2025 yil 30 oktyabrgacha uzaytirildi.
Shuningdek, respublika oliy ta’lim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026 o‘quv yili uchun belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.
Qayd etish joiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash amaliyoti joriy etilishi haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida qolgan vakant o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr