Abituriyentlar diqqatiga! O‘qishga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha qabul o‘tkaziladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida qolgan vakant o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  • Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun joriy yil 25 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi;
  • ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;
  • ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
  • tanlov natijalari bo‘yicha qaydnomalar 2025 yil 8 oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Umumiy qabul parametrlarida vakant o‘rinlar qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilda O‘zbekistonda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori oliy ta’lim muassasasi rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon Abiturient bakalavriat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing