Jonson Shotlandiya mustaqilligi uchun referendum o‘tkazilishini rad etdi
Olam
−
03 yanvar 2021
4332Shotlandlar Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lish uchun referendum o‘tkazishga hozircha tayyor emas. Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson shunday deb hisoblamoqda.
“Ular (Shotlandiya) milliy atmosferada birlashtiruvchi kuchga ega emaslar, bu butun avlodda bir marta bo‘lishi kerak”, degan Jonson.
Bosh vazir Buyuk Britaniyaning Yevropa iqtisodiy kengashida a’zoligini davom ettirish bo‘yicha referendum 1975 yilda o‘tkazilganini, Brexit`ga olib kelgan referendum esa 2016 yilda bo‘lib o‘tganini ta’kidlagan. Jonsonga ko‘ra, bu o‘rinda to‘g‘ri vaqt oralig‘i haqida ketyapti.
Shotlandiyaning mustaqilligi bo‘yicha referendum 2014 yil 18 sentyabrda o‘tkazilgandi. O‘shanda 55 foiz shotland mamlakat Buyuk Britaniya tarkibida qolishini yoqlagan.
Birinchi vazir Nikola Sterjen Shotlandiya milliy partiyasi mamlakat mustaqilligi uchun qayta referendum o‘tkazishga qattiq kirishgan. Ular 2016 yilda shotlandlarning ko‘pchiligi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi bo‘lganini iddao qilyapti.
Sterjen Germaniyaning “Die Welt” nashriga bergan intervyusida Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha referendumni 2021 yildayoq o‘tkazish mumkinligni aytgandi. U shotlandlarning ko‘p qismi Britaniya tarkibidan chiqishni yoqlashiga ishonyapti.
Agarda Shotlandiya Britaniyadan mustaqil bo‘lib olsa, darhol YeI tarkibiga kirish uchun ariza topshiradi.