Shotlandiya yetakchisi mamlakatni YeIga qaytarishga va’da berdi

Olam

image

Shotlandiyaning birinchi vaziri (Hukumat rahbari) Nikola Sterjen Yevropa Ittifoqidan mintaqa tez orada uning tarkibiga qaytishini aytib, “chiroqni o‘chirmaslikni” so‘radi.

“Yevropa, Shotlandiya tez orada qaytadi. Chiroqni o‘chirma”, degan u o‘zining Twitter`dagi sahifasida.

Buyuk Britaniya 2021 yil 1 yanvar kuni YeIdan chiqish jarayonini yakunladi. Yil davomida Ittifoq va Buyuk Britaniya vakillari kelgusidagi munosabatlar qay yo‘sinda bo‘lshini muhokama qildi.

Shotlandiya rasmiylari mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi ekanliklarini bir necha bor bildirgan va kelajakda Buyuk Britaniyadan chiqishini aytgan. 2014 yilda o‘tkazilgan referendum shotlandlarning 55 foizi Buyuk Britaniyadan ajralishiga qarshi ekanligini ko‘rsatgan.

2019 yil aprel oyida Sterjen aksariyat aholining istagiga ko‘ra 2021 yil mayiga qadar yana bir referendum o‘tkazishga va’da berdi. 2019 yil oktyabrida Edinburgda Buyuk Britaniyadan mustaqillikni qo‘llab-quvvatlovchi 200 ming kishilik marsh bo‘lib o‘tdi.

2020 yilning yanvarida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Shotlandiya rasmiylarining yangi referendum o‘tkazishini rad etdi. U Sterjen va uning tarafdorlari 2014 yilgi referendum mustaqillik haqidagi “avlodlar davomidagi yagona” referendum bo‘lishiga va’da berganini eslatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Shotlandiya

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing