Jokovich 30 million yevro yo‘qotishi mumkin
Sport
−
12 yanvar 2022
2716Tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqalarning 20 karra g‘olibi Novak Jokovich koronavirusga qarshi emlashga bo‘lgan munosabati tufayli o‘z homiylaridan keladigan 30 million dollarni yo‘qotishi mumkin. Bu haqda “Tennis Head” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jokovichga homiylik qilayotgan kompaniyalar serbiyalik tennischi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi. Agar dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi vaksinalashning “asosiy dushmani” sifatida qabul qilinsa, ba’zi homiylar u bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishi mumkin, bu esa moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovichning vizani bekor qilish bo‘yicha apellyatsiyasi o‘rinli, deb topilgan va deportatsiya qilinmasligi e’lon qilingan edi.
Ma’lumot uchun, serbiyalik 34 yoshli tennischi Avstraliya ochiq chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun, hattoki kortda ham mashg‘ulot o‘tkazdi.
LiveBarchasi