Jo Bayden bir yil oldingi xatosini takrorladi (video)
Olam
−
07 yanvar 2023
18609AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda nutq so‘zlayotgan vaqtida mamlakat vitse-prezidenti Kamola Xarrisni “prezident” deb atadi.
Ushbu holat 5 yanvar kuni Jo Bayden AQSHning janubiy chegaralaridagi xavfsizlik masalalari haqida nutq so‘zlayotgan vaqtida sodir bo‘lgan.
“Prezident Xarris ular (migrantlar) ketayotgan mamlakatlardagi vaziyatni yaxshilash uchun bu ishga rahbarlik qildi”, degan Amerika rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 80 yoshli Jo Bayden 2021 yilning mart oyida va 2022 yilning yanvar oyida ham xuddi shunday xatoga yo‘l qo‘yib, Kamola Xarrisni “prezident”, deb atagan edi.
Shuningdek, Bayden sobiq Prezidentlar Donald Tramp va Barak Obama nomida ham chalkashib ketgan edi.
LiveBarchasi