Bayden “qovun tushirish”da davom etmoqda
Olam
−
19 mart 2021 34015 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatdagi koronavirusga qarshi emlash jarayoni haqida nutq so‘zlayotganda vitse-prezident Kamola Xarrisni "prezident" deb yubordi. Bu haqda "Fox News" xabar bergan.
"Prezident Xarris bilan yaqinda Arizonadagi emlash maydoniga virtual sayohat qilganimizda, hamshiralardan biri odamlarga ukol qilayotgandi va har bir vaksina umid dozasiga o‘xshardi", degan davlat rahbari.
Amerika rahbari o‘z nutqida bir necha bor xatolarga yo‘l qo‘ygan.
Masalan, o‘tgan yilning noyabr oyida u tarafdorlari oldida chiqishi paytida nevarasining ismi bilan vafot etgan o‘g‘li Bo Baydenning ismini adashtirgan, dekabr oyida Kamola Xarrisni "saylangan prezident" deb xato qilgan.
Joriy yil 9 mart kuni esa Bayden AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ismini unutib, uni "anavi yerdagi ushbu bo‘linmani boshqaradigan yigit" deb atagan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr