Jizzaxda yosh oila 2 farzandi bilan is gazi qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
09 yanvar 2020
6247O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq holatlar davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib, vafot etgani haqida xabar berdi.
Bugun, soat 14:04 atrofida G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga tumandagi Ko‘kgumbaz MFY qarashli Qorong‘ul qishlog‘ida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan D.Sh. xonadoniga chaqiriq qayd etilgan.
Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borganida oila a’zolari, xonadon sohibi D.Sh va uning turmush o‘rtog‘i, 1987 yilda tug‘ilgan N.Sh, 6 yoshli o‘g‘li A.Y. hamda 3 yoshli qizi O. Y.da biologik o‘lim aniqlangan.
Ularni birlamchi tekshiruvdan o‘tkazilganda “is gazidan o‘tkir zaxarlanish” dastlabki tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi