Namanganda bir uydan uch kishining o‘ligi chiqdi

3-sahifa

image

Namanganda bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Qurbonlar orasida endigina 6 yoshni qarshilagan bola ham bor. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (BP) Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

BP voiziga ko‘ra, voqea joriy yilning 20 noyabr kuni soat 16:00 da sodir bo‘lgan. 

Pop tumani Tinchlik mahallasida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro E.Tulaganova, 2016 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan nabirasi F.Turdaliyev hamda mehmonga kelgan qaynonasi 1947 yilda tug‘ilgan D.Yuldashovalar uyni isitish uchun o‘rnatilgan temirdan yasalgan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoning Koson tumanidan o‘quv markazida tahsil olish maqsadida Qarshi shahriga kelib, Mahallot mahallasi Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan uyda ijarada yashayotgan 17 yashar qiz o‘zi istiqomat qilayotgan uyning hammomida vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Is gazi

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing