Is gazidan zaharlanişning oldini oliş böyiça qanday çoralar körilmoqda?

Jamiyat

−

image

Sönggi kunlarda is gazidan zaharlaniş oqibatida insonlar halok bölişi bilan boğliq holatlar yana kun mavzusiga aylandi. Xususan, Toşkent va Farğonada is gazidan 18 kişi zaharlanib, vafot etdi. Mazkur fojialarda isitiş qozonlari hamda gaz ta’minoti tarmoğiga notöğri ulaniş bilan boğliq kamçiliklar aniqlangan. Xöş, xususiy uylarning yertöla qismiga gazda işlaydigan isitiş qozonlarini örnatişga ruxsat beriladimi? Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği Ahadxon Isoqjonov QALAMPIR.UZ muxbiri savoliga javoban ma’lum qildi.

Uning bildirişiça, gaz qozonlarini qayerga örnatiş mumkinligi loyiha hujjatlari, şaharsozlik normalari va gaz xöjaligini loyihalaştiriş qoidalari asosida belgilanadi. Gaz ta’minoti korxonasi texnik şart beradi, loyiha taşkiloti esa uskunaning joylaşuvi va uni işlatiş uçun zarur havo hajmini belgilaydi.

Qayd etilişiça, agar maişiy iste’molçi gaz uskunasidan loyiha hujjatlarida körsatilmagan tartibda foydalansa, u darhol gaz tarmoğidan uziladi va tabiiy gaz yetkazib beriş töxtatiladi. Inspeksiya vakili bunday holat noqonuniy foydalaniş hisoblanişini ta’kidladi.

“Inspeksiya rahbari sifatida özim ham Jizzax viloyatiga biriktirilganman. Hozirda Şarof Raşidov va Paxtakor tumanlari hokimlari bilan birgalikda, mahallalardagi yettiliklar hamda ta’minotçi korxonalar iştirokida profilaktika işlarini taşkil etyapmiz.

Gaz qozonlari yoki plitalarini podvalga örnatiş mumkinligi loyiha hujjatlari, şaharsozlik normalari va gaz xöjaligini loyihalaştiriş qoidalarida belgilangan. Ta’minotçi korxona texnik şart beradi, loyiha taşkiloti esa gaz uskunalarini qayerga joylaştiriş va ularning xavfsiz işlaşi uçun qança havo hajmi zarurligini loyihada körsatadi.

Agar maişiy iste’molçi gaz uskunasidan tasdiqlangan loyiha hujjatlaridan çetga çiqqan holda foydalansa, u zudlik bilan tarmoqdan uziladi va tabiiy gaz yetkazib beriş töxtatiladi. Bu, sodda qilib aytganda, noqonuniy foydalaniş hisoblanadi”, deydi Ahadxon Isoqjonov.

Inspeksiya boşliğining ta’kidlaşiça, Prezident topşiriğiga asosan, noyabr oyi energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş oyligi deb e’lon qilingan. Hozirda respublika böylab aholi xonadonlari va boşqa ob’ektlardagi gaz uskunalari hamda dudburonlarni tekşiriş, ularni profilaktik körikdan ötkaziş işlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing