Farğonadagi 3 ta boğçada bolalar ovqatdan zaharlandi
3-sahifa
−
12:16 783 1 daqiqa
Farğona şahridagi uçta boğçada tarbiyalanayotgan bolalar ovqatdan zaharlaniş alomatlari bilan şifoxonaga murojaat qildi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2-, 7- va 47-sonli boğçalar tarbiyalanuvçilari tana haroratining kötarilişi, qorin oğriği, holsizlik, köngil aynişi va iç ketişidan şikoyat qilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan epidemiologik suriştiruv işlari olib borilmoqda. Bolalar boğçalarda iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, nonuşta, tuşlik va keçki tamaddida yeyilgan taomlar örganilgan. Şuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvçilar ham aniqlangan.
Tekşiruv uçun oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlardan bakteriologik tahlil uçun namunalar olingan. Ayni paytda epidemiologik suriştiruv va laboratoriya tekşiruvlari davom etmoqda.
Bugun, 26 oktyabr soat 11:00 holatiga köra, şifoxonada davolanayotgan bolalarning ahvoli barqaror. Oğir ahvoldagi bemorlar yöq. Şifoxonaga murojaat qilgan yana 23 nafar bolaning ahvoli qoniqarli deb baholanib, ularga tibbiy tavsiyalar berilgan va uy şaroitida davolanişga ruxsat etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Uçköprik tumanida ovqatdan zaharlanişda gumon qilingan 37 kişi şifoxonaga yotqizilgandi.
Live
Barchasi