Toşkentda qozoğistonlik futbolçilarning zaharlanişi böyiça jinoyat işi qözğatildi

Sport

−

image

Avvalroq, “Do‘stlik Cup-2026” xalqaro futbol festivaliga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlangani haqida xabar berilgandi. Uşbu holat böyiça jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.

Idoraga köra, joriy yilning 1 noyabr kuni futbol musobaqasida iştirok etiş uçun Qozoğistondan Toşkentga kelgan 20 nafar bola va ularning yaqinlari Toşkent şahridagi mehmonxonada nonuşta vaqtida yarim qovurilgan tuxum va sosiska iste’mol qilgan. Şu kunning özida ularning 13 nafarida qayt qiliş, iç ketiş, qorin oğriği va tana haroratining kötarilişi kabi belgilar kuzatilgan.

Şundan söng, ular tez tibbiy yordam xizmati tomonidan Respublika ixtisoslaştirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-13-moddasi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda Çilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, ular tez tibbiy yordam orqali Respublika ixtisoslaştirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga olib borilgan. Birinçi tibbiy yordam körsatilganidan söng bemorlar 5-sonli şahar yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasiga ötkazilgan.

2-3 noyabr kunlari yana 7 nafar kişida ham şunday alomatlar kuzatilib, ular tibbiyot muassasasiga olib kelingan.

“Ötkazilgan tekşiruvlar asosida şifoxonaga keltirilgan jami 20 nafar bola va ularning yaqinlariga “ötkir diareya” dastlabki taşxisi qöyildi. Ularning barçasiga belgilangan standartlar böyiça davolaş muolajalari olib borildi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlik ma’lumotiga köra, hozirgaça 2 nafar bemor uyiga javob berilgan. Qolgan 18 nafarning ahvoli barqaror va qoniqarli. Reanimatsiya bölimida davolanayotgan bemorlar yöq.

Ayni paytda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi tomonidan iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekşiruvlari ötkazilmoqda. Tekşiruv natijalari böyiça qöşimça ma’lumot beriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona şahridagi uçta boğçada tarbiyalanayotgan bolalar ovqatdan zaharlaniş alomatlari bilan şifoxonaga murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing