Prokuratura Xorazmda is gazidan vafot etgan ona-bola voqeasini tekshirmoqda
Jamiyat
−
05 yanvar 2021
4115Avvalroq Xorazm viloyati Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida bir oila is gazidan zaharlanib, ona va uning 10 yoshli qizi vafot etgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Xorazmda is gazidan zaharlangan ona va uning 10 yoshli qizi vafot etganligi haqida xabar chiqarilgan. Mazkur holat yuzasidan Bog‘ot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi axborotda.
Ma’lumot uchun, favqulodda holat sodir bo‘lishidan ikki kun oldin E.J. xonadonida issiklik kozoni yangi o‘rnatilgan bo‘lgan.
LiveBarchasi