Jizzaxda koronavirusdan to‘rtinchi o‘lim qayd etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu rasman e’lon qilingan 103-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Jizzax shahrida yashagan 57 yoshli T.A. (ayol)da “COVID-19” tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bugungacha Jizzaxda koronavirusdan 3 o‘lim holati qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

152

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing