Jizzaxda IIB xodimi fuqaroni kaltakladimi?

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida fuqaroning farzandini zo‘ravon Ichki ishlar xodimlari kaltaklangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 may kuni Arnasoy tumanidagi ovqatlanish shoxobchasidan qo‘riqlash bo‘limiga tashvish xabari kelgan. Coha vakillari yetib borganida mast holatdagi fuqaro yemak haqini to‘lamagani aniqlangan. Shuningdek, u shoxobcha hovlisida bir necha fuqarolar bilan janjallashgan.

Mast fuqaro ketavermagach, holat yuzasidan Ichki ishlar organlariga xabar kelib tushgan. Mazkur xabar asosida xodimlar voqea joyiga yetib boradi va fuqarodan uyiga ketishini so‘raydi. Fuqaro esa xodimga bo‘ysunmaydi va oqibatda xodim hamkasbi yordamida uning qo‘liga kishan solib, narkologiya dispanseriga olib ketadi.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Arnasoy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida Favqulodda vaziyatlar vazirligi saflarida xizmat o‘tayotgan oddiy askar besh kishini pichoqlagani haqida xbaar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ichki ishlar xodimlari Arnasoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing