Ichki ishlar xodimlarini haqorat qilish “qimmatga tushdi” (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yilning 28 aprel kuni soat 01:35 larda Yangihayot tumanidagi xizmat olib borayotgan xodimlar Gentra avtomashinasini to‘xtatib, haydovchidan hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan. Shu vaqtda mashinadagi yo‘lovchilar – 1995 yilda tug‘ilgan Z.B., 1977 yilda tug‘ilgan X.J. va 2000 yilda tug‘ilgan N.F. lar xodimlarga nisbatan turli xil haqoratli so‘zlar aytib, jamoat tartibini buzgan. 

Shuningdek, ular IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga nisbatan qarshilik ko‘rsatishgan.

Mazkur holat yuzasidan avtomashina yo‘lovchilari Z.B., X.J., N.F. larga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shundan so‘ng Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi tomonidan ularga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ichki ishlar xodimlari haqorat qilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing