Prezidentni haqorat qilgan shaxs 2,5 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini haqorat qilgan o‘smir 2,5 yilga qamaldi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani “Shurak” MFYda yashovchi I. D. ismli 19 yoshli fuqaro Instagram'da Prezident shaxsini o‘ta qo‘pol so‘zlar bilan obro‘sizlantirgani uchun shu yilning 30 avgustida ehtiyot chorasi sifatida tergov organi tomonidan qamoqqa olingan. 

Shuningdek, sud uning ijtimoiy tarmoqdagi profillarini bloklash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi zimmasiga majburiyat yuklagan. 

I. D. joriy yilning 26 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqorat qilish yoki unga tuhmat qilish, matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon tarmog‘idan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan ayblanib, 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

“Navoiy hazratlari aytganidek, “har ne kelsa,tilingdan!”. Tilingizga ehtiyot bo‘ling”, deydi Abdurahmon Tashanov.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Samarqand Kattaqo'rg'on haqorat haqorat qilish obro'sizlantirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing