Arnasoy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Odil Musanov Jizzax viloyati Arnasoy tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Arnasoy tumani hokimligi ma’lum qildi.

Bugun, 8 aprel kuni Arnasoy tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 53-sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, viloyat hokimi Ergash Saliyev Arnasoy tumani hokimi lavozimiga Odil Musanov nomzodini tavsiya qildi.

Deputatlar nomzodni bir ovozdan ma’qulladi. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Odil Musanov Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari  vazifasini bajaruvchisi bo‘lib faoliyat olib borayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Arnasoy tumanining avvalgi hokimi Xurshid Alimardonov edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Arnasoy Odil Musanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing