Jizzaxda noqonuniy baliq ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jizzax viloyatidagi “Arnasoy” suv ombori hududida hech qanday hujjatlarsiz qariyb 350 ta baliq ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqarolar L.T. va B.M. “Arnasoy” suv ombori hududida hech qanday hujjatlarsiz taqiqlangan ov anjomlaridan foydalanib, jami 343 bosh baliq ovlab, hayvonot dunyosiga 201,1 million so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan. 

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi departament xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax ov Arnasoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing