Arnasoy tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2020
11123Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi. Tumanga Xurshid Shukurullayevich Alimardonov yangi hokim sifatida tanishtirildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi xabar berdi.
Bugun 16 sentyabr kuni Xalq deputatlari Arnasoy tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Arnasoy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Berdiboyev Jamoliddin Abdug‘aniyevich lavozimidan ozod etildi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari Umar Sapayevich Ismailov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan viloyat hokimi Ergash Saliyev Arnasoy tumani hokimi lavozimiga Xurshid Shukurullayevich Alimardonov nomzodini taklif qildi. Deputatlar ushbu nomzodni ma’qulladi.
Xurshid Alimardonov 1979 yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U 2019 yildan buyon Sharof Rashidov tumani prokurori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz Jamoliddin Berdiboyev Arnasoy tumaniga 2018 yilning aprel oyidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.
LiveBarchasi
26 noyabr