Jizzaxda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida beshta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 15 yanvar kuni soat 06:50 larda M-39 xalqaro yo‘lida Samarqand - Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia mashinasi Sharof Rashidov tumani hududida yo‘lning muzlama bo‘lgani tufayli harakat yo‘nalishida to‘xtab qolgan.

U bilan oldinma-keyin kelayotgan Howo rusumli yuk mashinasi esa kutilmagan to‘xtashdan so‘ng Nexia’ning orqa qismidan kelib urgan. Buning oqibatida  yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun FVB o‘t o‘chirish bo‘linmasi yetib kelgan. Bo‘linma vaqtni tejash maqsadida yo‘lning ushbu qismda to‘xtagan va qarama-qarshi tomonida yo‘lning harakatlanish qismida to‘xtab yonayotgan mashinadagi olovni o‘chirishga uringan.

Ayni damda o‘z yo‘lidan kelayotgan Nexia va Nexia-3 avtomobillari ham o‘t o‘chirish mashinasiga kelib urilgan.

Hodisada hech kim og‘ir tan jarohati olmagan. Hozirda hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing