MrBeast Toshkentda YTHga uchradimi?

Jamiyat

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida mehmon bo‘lib turgan bloger Mr Beast’ning transport vositasi YTHga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, bloger Mr Beast poytaxtda bo‘lgan vaqtida u harakatlanayotgan transport vositasi hech qanday YTHga uchramagan va aksincha, harakat vaqtida mazkur transport vositasi doimiy kuzatuv ostida. Blogerdan bu haqda so‘ralganda, transport vositasi Hindistonning Dehli shahrida shikastlanganini aytgan.

“Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, MrBeast nomi bilan tanilgan amerikalik bloger Jimmi Donaldson O‘zbekistonda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ommaviy tadbir doirasida Toshkentda bo‘lib turibdi.

MrBeast YouTube’dagi yirik byudjetli videolari, turli musobaqalari va katta pul mukofotlari bilan tanilgan. Uning kanallariga jami 500 milliondan ortiq foydalanuvchi obuna bo‘lgan. Bloger, shuningdek, xayriya loyihalari bilan ham shug‘ullanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing