Olmazorda yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, 3 ta transport vositasiga borib urildi
3-sahifa
−
08:54 864 1 daqiqa
Toshkentning Olmazor tumanida yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan ikkita Damas va avtokranga urildi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 9 oktyabr kuni soat 13:50 larda Olmazor tumani Sebzor ko‘chasidagi 9-oilaviy poliklinika qarshisida FAW rusumli yuk avtotransport vositasini 1985 yilda tug‘ilgan J.B. ismli haydovchi boshqarib ketayotgan bo‘lgan. U boshqaruvni yo‘qotib, oraliq masofani saqlay olmasdan, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan ikkita Damas va XCMG rusumli avtokranga borib urilgan. Oqibatda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, YTH oqibatida ikkita Damas haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Boshqa jarohat olganlar yo‘q.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq M-39 avtomobil yo‘lining Toshkent–Termiz yo‘nalishi Sirdaryo viloyati hududidan o‘tuvchi qismida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi