Sayyohlik avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Qurbonlar bor
Olam
−
16:06 477 2 daqiqa
Bugun, 11 oktyabr kuni Turkiyaning Manisa viloyati Oqhisor tumanida sayyohlik avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohatlandi. Bu haqda Manisa viloyati gubernatorligi ma’lum qildi.
.png)
Qayd etilishicha, hodisa soat 11:11 atrofida Gebze–Orhangazi–Izmir avtomobil yo‘lining Oqhisor to‘lov punktlari yaqinida sodir bo‘lgan. Bursa shahridan Izmir tomon harakatlanayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
.png)
Hodisa joyiga tibbiyot, yong‘in o‘chirish, politsiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari yuborilgan. Transport vositalarida qisilib qolgan jarohatlanganlar qutqaruvchilar yordamida chiqarilgan. Jabrlanganlar tez yordam mashinalarida Oqhisor va Manisa shaharlaridagi shifoxonalarga olib ketilgan.
.png)
Dastlab halok bo‘lganlar soni 4 kishi deb xabar qilingan, keyinchalik gubernatorlik bu ko‘rsatkich 11 kishiga yetganini ma’lum qilgan.

Turkiya ichki ishlar vaziri Mustafa Chiftchi ham hodisa yuzasidan bayonot berib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi halok bo‘lganini bildirgan.
Hodisa sabablarini aniqlash yuzasidan tekshiruv boshlangan. Avariya tufayli avtomobil yo‘lida transport harakati bir muddat deyarli to‘xtab qolgan, keyinchalik avtomobillar harakati bir qatnov bo‘lagi orqali nazorat ostida tashkil etilgan.
Vazir halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Keniyada Mombasa shahriga olib boruvchi avtomobil yo‘lida bir nechta transport vositasi to‘qnashishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi