Jizzax viloyatiga ham sel keldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 may kuni Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Natijada Oqqo‘rg‘onlik, Tinchlik, Hamid Olimjon, Ulug‘bek hamda Ziyokor mahallalarida yomg‘ir suvlari to‘planib, bir nechta xonadonga suv kirdi.

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi hamda 22 nafar qutqaruvchilari tomonidan xonadon egalariga amaliy yordam ko‘rsatilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqini hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldi olindi.

Avvalroq, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining ba’zi tumanlariga sel kelgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax sel

Baholaganlar

194

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing