Jizzaxda gaz hisoblagiç örnatib beriş evaziga 8 million talab qilganlar uşlandi

3-sahifa

−

image

Jizzax viloyatida fuqaroning xonadoniga gaz hisoblagiç örnatib beriş va hisob raqami oçişni va’da qilib, undan 8 million söm talab qilgan ikki kişi uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, uşlanganlardan biri Jizzax şahrining Olmazor mahallasida yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan şaxs bölgan. U Jizzax gaz ta’minoti filialining Şarof Raşidov tumani gaz ta’minoti bölimida işlovçi, 1992 yilda tuğilgan hamkasbi bilan til biriktirgan.

Ular Şarof Raşidov tumanidagi Yangi Diyor mahallasida yaşovçi fuqaroning xonadoniga gaz hisoblaş uskunasini örnatib beriş va hisob raqami oçişni va’da qilib, evaziga 8 million söm talab qilgan. Fuqaro söralgan mablağning 4,8 million sömini oldindan bergan. Biroq ular bu bilan çeklanmay, undan yana 2 million söm talab qilgan.

Jizzax viloyati Içki işlar boşqarmasi tezkor xodimlari boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazgan tadbirda ular pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatida “Energosavdo“ muhandisi 20 million sömlik jarimani yopib beriş evaziga fuqarodan 500 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing