Jizzax shahar hokimligi binosi karantinga olindi

Jamiyat

image

Jizzax shahar hokimligi binosi karantinga olindi. Bu haqda Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

"So‘nggi kunlarda Jizzax shahrida koronavirus infeksiyasining ko‘payganligi haqida xabar bergan edik. Shu munosabat bilan hududda virus tarqalishining oldini olish maqsadida yo‘llanma asosida shahar hokimi A.Shukurov topshirig‘i bilan hokimlik hodimlari Covid-19 testidan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra Jizzax shahar hokimligi hodimlari va rahbariyatidan koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi. Ammo “Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi” Jizzax shahar bo‘limining 1 nafar hodimida covid-19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli “Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi” Jizzax shahar bo‘limi va shahar hokimligi binosi karantinga olindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda hokimlik xodimlari o‘z ishlarini masofadan turib davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev viloyatda karantin choralarini kuchaytirish haqida qaror imzolagani haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda Jizzax shahar hokimligi

Baholaganlar

190

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing