Jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgan amaki qamaldi

Olam

image

Qozog‘istonda jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilib kelgan erkak qamoqqa olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Keltirilishicha, joriy yilning 6 iyun kuni 2000 yilda tug‘ilgan A.A. ismli ayoldan murojaat kelib tushgan. Unda onasi va otasi vafot etganligi, u 2006 yilda tug‘ilgan I.A. va 2012 yilda tug‘ilgan S.R. ismli singillari uchun eng yaqin qarindosh bo‘lsa-da, qizlar amakisi R.R.ning vasiyligiga berilgani, amakisi esa ularni Qozog‘istondagi o‘z yashash manziliga olib ketgani, hozirda erkak qizlarga uyatsiz buzuq harakatlar sodir etayotganligini bildirgan.

Qayd etilishicha, ayol o‘z singillariga jinsiy zo‘ravonlik sodir etayotgan amakisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni hamda singillarini O‘zbekistonga qaytarish hamda eng yaqin qarindosh ekanligi sababli qizlarga uni qonuniy vakil etib tayinlanishida amaliy yordam so‘ragan. 

Shundan so‘ng, joriy yilning 8 iyun kuni I.A. va S.R. erkakning uyidan politsiya va vasiylik organi tomonidan olib ketilib, murakkab ijtimoiy vaziyatlarga tushib qolgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash Olmaota shahri adaptatsiya markaziga joylashtirilgan. Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan erkak protsessual tartibida ushlanib, unga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksi 121-moddasi, 3-1 qismi, 1-bandi (Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

17 iyun kuni sud tomonidan R.R.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda voyaga yetmagan I.A. va S.R.ga nisbatan vasiy tayinlash va tergov yakunidan so‘ng O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada voyaga yetmagan bolalarga jinsiy harakatlar qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing