Jismoniy tarbiya universitetiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati va shahrida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Chinoz tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘rganuvchi-o‘qituvchisi I.B. fuqaro R.ni 7 000 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimida ishlovchi tanishlari orqali ushbu universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirib, oldindan 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Uchtepa tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti sport klubi murabbiyi S.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 200 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik

Baholaganlar

58

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing