Jinsiy zo‘ravonlik bilan qamalgan futbolchi maydonga qaytyapti

Sport

image

Jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib qamalgan “Manchester Siti”ning sobiq a’zosi Benjamin Mendi Fransiyaning “Loryan” klubiga o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Rasm

Unga ko‘ra, fransiyalik 29 yoshli futbolchi yangi mavsumni “Loryan”da boshlaydi. Mendining Fransiya klubi bilan imzolagan yangi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. “Manchester Siti” 2021/2022 yilgi mavsumda ushbu himoyachining xizmatlaridan voz kechganidan buyon u jamoasiz edi. Shu sababli u “Loryan” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, u 2021 yilning kuzida jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, hibsga olingan. Bu Mendining 2021 yilning avgust oyidan noyabriga qadar yettinchi bor ayblanishi bo‘lgan.  Shuningdek, sud jarayonlari olib borilayotgan vaqtda uning amaldagi jamoasi “Manchester Siti” himoyachi bilan shartnomani bekor qilgan. Biroq futbolchi yuqorida ta’kidlangan jinoyatlar yuzasidan qo‘yilgan barcha ayblovlar bo‘yicha to‘liq oqlangani ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Benjamin Mendi Jinsiy zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing