Jinsiy a’zosiga tillalarni yashirib olgan shaxs O‘zbekistonda ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining “Navoiy” chegara bojxona postida jinsiy a’zosiga zargarlik buyumlarini yashirib, mamlakat hududiga olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumot asosida “Navoiy” chegara bojxona post xodimlari bilan hamkorlikda post orqali O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tayotganda shubhali harakatlari sababli shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Ko‘rik davomida uning ichki jinsiy a’zolarida og‘irligi 314 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari yashirilgani aniqlangan. Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur tilla taqinchoqlarning jami qiymati 316 million so‘mni tashkil qilgan. 

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Bojxona boshqarmasining “Qorasuv” chegara bojxona postida qo‘shni davlat fuqarosi ichki kiyimlari orasida taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing