Navoiyda 350 gr “marixuana”ni 28 mln so‘mga pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
13:36 441 1 daqiqa
Navoiy viloyatida ikki fuqaro 350 gramm marixuanani 28 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qo‘shrabot tumanida yashovchi ikki fuqaro tezkor tadbir davomida giyohvandlik moddasini xaridorga sotayotgan paytda ushlangan. Ular “marixuana”ni 28 million so‘mga pullamoqchi bo‘lgan. Tezkor tadbir davom ettirilib, ulardan birining yashash xonadon va og‘ilxonasidan sakkiz tup kannabis o‘simligi hamda 1 kilogramm 200 gramm marixuana topilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud bunday vosita yoki moddalarni iste’mol qilishga jalb etish) 6-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaroning ijaraga olgan yer maydonidagi konteynerlardan 7 kilogramm “marixuana”, pnevmatik qurol va uchta patron aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiRubioning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
16 Oktyabr