Ichki kiyimlariga taqinchoq yashirib, chegaradan o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi
Olam
−
29 may 2025 4668 1 daqiqa
Andijon viloyati Bojxona boshqarmasining “Qorasuv” chegara bojxona postida qo‘shni davlat fuqarosi ichki kiyimlari orasida taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, xorijlik fuqaro 96 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolingan.
Bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan ushbu shaxs belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda 19 dona taqinchoqlarning bir qismini o‘ziga taqib olgan holda, bir qismini esa ichki kiyimlari orasiga yashirgancha olib o‘tishni rejalashtirgani fosh bo‘lgan.
Bildirilishicha, qiymati 75 mln so‘mlik tilladan ishlangan mazkur zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olingan va holat yuzasidan dastlabki bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Navoiy” chegara bojxona postida quyma oltinni jinsiy a’zosiga yashirib, noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi