Damas'da 1,5 mlrd so‘mlik taqinchoqlarni olib ketayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 1 mlrd 440 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatning Oltiariq tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan “Vodil-Oltiariq” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtotransport vositasi ushlanib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Natijada avtotransport vositasi salonining bar qismiga joylashtirilgan, transport vositasida yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan fuqaroga tegishli bo‘lgan jami 3 dona o‘ramlarda xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan zargarlik buyumlari olib ketilayotganligi aniqlangan. O‘rganishlar davomida dastlabki qiymati 1 mlrd 440 mln so‘m bo‘lgan og‘irligi 1 kg 332 grammga teng 5 turdagi 127 dona zargarlik buyumlari ekani ma’lum bo‘lgan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga 5,7 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini olib kirganlar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Damas taqinchoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing