Namanganda o‘quvchini Damas urib yubordi

3-sahifa

−

image

Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanidagi 65-maktab o‘quvchisini Damas rusumli avtomobil urib yubordi. Buning ortidan mas’ul xodimlarga intizomiy choralar ko‘rildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 2 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Ingliz tili fani o‘qituvchisi dars tugashiga 10 daqiqa qolganida sinfni tark etgan. Oqibatda uch nafar o‘quvchi maktab hududidan chiqib ketgan.

Soat 15:20 atrofida o‘quvchilardan biri suv olish uchun yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tgan. Qaytish vaqtida uni Damas rusumli avtomobil urib yuborgan. Jarohatlangan o‘quvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, sinf rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga ogohlantirish berilgan, ingliz tili o‘qituvchisiga esa hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

“O‘quvchilar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash har bir ta’lim muassasasi rahbari va pedagog xodimining ustuvor vazifasidir. Bu boradagi mas’uliyatni lozim darajada bajarmaslik holatlariga nisbatan belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘riladi”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Forish tumanida Gentra haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborishiga bir bahya qolgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing