O‘zbekistonga 5,7 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini olib kirganlar ushlandi
3-sahifa
−
10 Sentabr 4389 1 daqiqa
Qirg‘izistondan O‘zbekiston hududiga noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan 5,7 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro qirg‘izistonlik shaxs tomonidan aylanma yo‘llar orqali “o‘zbek-qirg‘iz” chegarasidan noqonuniy ravishda O‘zbekistonga o‘tkazib berilgan katta miqdordagi zargarlik buyumlarini qabul qilib oladi.
Shundan so‘ng, moddiy manfaat evaziga ularni Farg‘ona shahrida kutib turgan Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashovchi boshqa bir fuqaroga yetkazib bergan vaqtida ikkalasi ham qo‘lga olingan.
Tilladan yasalgan ushbu zargarlik buyumlarining jami og‘irligi 5 kilogramm, 706 grammni tashkil qilib, dastlabki umumiy qiymati 5 mlrd 746 mln so‘mga teng.
Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistondan O‘zbekistonga noqonuniy ravishda 19 kilogrammdan ortiq tilla buyumlar olib o‘tgan 2 kishi ushlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr