Yangi Zelandiyada o‘g‘ri qimmatbaho tuxumni yutib yubordi
Bu qiziq
−
02 dekabr 2025 3420 2 daqiqa
Joriy yilning 28 noyabr kuni Yangi Zelandiyada politsiya 19,2 ming dollar turadigan Feberje tuxum-kulonini yutib yuborganlikda gumonlangan erkakni qo‘lga oldi. Hodisa Oklend markazidagi zargarlik do‘konida yuz bergan. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Partridge Jewellers zargarlik do‘koni xodimlari 32 yoshli erkakni Faberge x 007 kolleksiyasiga mansub “Octopussy” medalyonini o‘g‘irlashda gumon qilgan. Ularning aytishicha, tashrif buyuruvchi taqinchoqni olib, uni yutib yuborgan. Kulon 18 karatli oltindan yasalgan, yashil gilosh emali bilan qoplangan hamda 60 dona oq brilliant va 15 dona ko‘k safir bilan bezatilgan. Ichida 18 karatli oltindan ishlangan, ko‘zlari qora brilliantlardan tayyorlangan miniatyurali sakkizoyoq mavjud.
Faberge x 007 kolleksiyasi 1983 yilda suratga olingan Jeyms Bond haqidagi “Sakkizoyoq” filmi asosida yaratilgan bo‘lib, unda Feberje tuxumining o‘g‘irlanishi syujetning asosiy qismiga aylangan.
Oklendning markaziy tumani politsiya boshlig‘i Greya Andersonning aytishicha, patrul guruhi hodisadan bir necha daqiqadan so‘ng voqea joyiga yetib borgan va erkakni bevosita do‘konda qo‘lga olgan. Andersonning so‘zlariga ko‘ra, taqinchoq “hali topilmagan”.
Erkakka shu do‘kondan 12 noyabr kuni iPad o‘g‘irlaganlik ayblovi ham qo‘yilgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan. Uning ishi bo‘yicha sud majlisi 8 dekabr kuni okrug sudida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda aka-uka vafot etgan onasining chordog‘idan Supermen haqidagi ilk komikslardan birini topib olgandi va uni auksionda 9,12 million dollarga sotgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025