Yangi Zelandiyada 50 ga yaqin kit qirğoqqa çiqib qoldi

Olam

−

image

Yangi Zelandiyaning Şimoliy oroli sohilida 50 ga yaqin uzun suzgiçli qora kit (pilot whale) qirğoqqa çiqib qoldi. Ulardan aksariyati nobud bölgan, tirik qolganlarini esa yana dengizga qaytariş çoralari körilmoqda. Bu haqda “Japan Today” xabar berdi.

Qayd etilişiça, kitlar Şimoliy orolning eng janubiy nuqtasi – Keyp Palliser yaqinidagi Ngavi sohilida topilgan. Qirğoqqa çiqqan kitlar soni kamida 20 tani taşkil etgan. Biroq mahalliy aholi “Radio New Zealand” naşriga bergan ma’lumotida tun davomida qirğoqda 50 tagaça kit qolib ketganini bildirgan.

Qutqaruv işlari mahalliy maori qabilasi va kitlarni qutqarişga ixtisoslaşgan Project Jonah taşkiloti bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Hozirgaça ikkita kitni yana dengizga qaytarişga muvaffaq bölingan.

Qutqaruvçilar tirik qolgan kitlarni suv bilan ta’minlaş va ularning ahvolini barqarorlaştiriş uçun çelaklarda suv sepib, nam soçiqlardan foydalanmoqda. Project Jonah taşkilotining keça, 5 noyabr kuni Facebook’dagi xabariga köra, öşa vaqtda törtta kit tirik qolgan bölib, ularni suv kötarilişi paytida dengizga qaytariş rejalaştirilgan.

Mahalliy aholi vakili Rob Bargning aytişiça, tirik qolgan kitlarning ham ahvoli oğir bölgan.

Ma’lumot uçun, Yangi Zelandiya va unga qöşni Avstraliya qirğoqlarida kitlarning ommaviy ravişda quruqlikka çiqib qolişi tez-tez uçraydi. Bunga ikki mamlakat atrofidagi çuqur okeanlarda uzun suzgiçli qora kitlarning katta populyatsiyasi yaşaşi sabab sifatida körsatiladi. Biroq kitlarning nima sababdan qirğoqqa çiqib qolişi hozirgaça aniq ma’lum emas.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasidagi Virunga milliy boğida sönggi bir oy içida 28 ta begemot kuydirgi kasalligidan nobud bölgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing