Jerar Deparde hibsga olindi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 29 aprel kuni Fransiya politsiyasi mashhur aktyor Jerar Depardeni jinsiy zo‘ravonlikda ayblab, hibsga oldi. Bu haqda "Le Monde" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 75 yoshli aktyor turli yillarda ikki ayolga jinsiy tajovuz qilgani uchun so‘roq qilinmoqda. Birinchi epizod, go‘yoki 2014 yilda "Sehrgar va siamliklar" filmini suratga olish maydonchasida, ikkinchisi esa 2021 yilda "Yashil panjurlar" kartinasini tasvirga olish jarayonida sodir bo‘lgan. Ammo aktyorning o‘zi barcha ayblovlarni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Jerar Deparde ustidan 13 martadan ortiq jinsiy tajovuz ayblovi bilan shikoyat tushgan bo‘lib, jumladan 2023 yilning qish oyida fransuz aktyori ayollar va 10 yoshli qizcha oldida behayo tovushlar chiqargani va uyatli mavzularda gapirayotgani aks etgan videolar tarqalgandi.

Shuningdek, fransiyalik aktyor Jerar Deparde ayollarga nisbatan haqoratomuz so‘zlar ishlatgani uchun Fransiyaning eng oliy mukofoti – “Faxriy legion” ordenidan mahrum qilinishi aytilgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya Jerar Depard'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing