Jerar Deparde aktrisalar tomonidan jinsiy tajovuzda ayblanmoqda

Madaniyat-san’at

image

Butun dunyoga “Obiliks” roli bilan tanilgan aktyor va mahoratli rejissyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblanib, tergov qilinmoqda. Bu haqda “Euronews” nashri ma’lum qildi. 

Gap shundaki, dastlab 2020 yilning dekabr oyida aktrisa Sharlotta Arnold uni 2018 yilda Parijdagi uyida ikki marta  zo‘rlaganlikda ayblagandi. Shundan so‘ng aktyor ustidan tergov haraktlari boshlandi.

Endi ushbu ishga boshqa odamlarning ham guvohliklari qo‘shildi. Jumladan, fransuz aktrisasi Anuk Grinberg joriy yilning 12 oktyabr kuni mahalliy nashrlardan biriga eksklyuziv intervyu berdi.

60 yoshli aktrisa Deparde bilan ikkita filmda suratga tushgan va uning ajoyib do‘stlaridan biri Bertran Bliyening hamrohi bo‘lgan.

"Deparde kundalik hayotimning bir qismi edi. U hech qachon ayollarga tajovuz qilmaganini aytgan, ammo men buni doim ko‘rganman.  Men uning ayollarga teginganiga guvoh bo‘lganman. U doim shu mavzular bilan bog‘liq hazil qilardi. Men uning kun bo‘yi ayollarning uyatli yerlari haqida gapirganini eshitganman. Kun bo‘yi! Ammo hech kim hech qachon indamagan”, dedi Grinberg.

Shuningdek, u fransuz kino san’atining bu borada hech qanday reaksiya bildirmasligini qoralagan.

"Men endi jim turolmayman. Deparde bilan kino sanoatida ishlagan har bir kishi uning ayollarga tajovuz qilishini biladi. Bu muhitning sukunati san’atimizni kamsitadi, buni to‘xtatish kerak”, dedi aktrisa. 

Deparde so‘nggi yillarda zo‘rlashda ayblanib, unga nisbatan tergov harakatlari boshlanganiga qaramay, fransuz kinosida samarali ishlashda davom etdi.

Aktyorning advokati jamoatchilikka Deparde ayblovlarni rad etganini bildirdi. Parij bosh prokurori esa bu haqda jiddiy va tasdiqlangan dalillar borligini ma’lum qilgan. Tergov esa hali davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning aprel oyida ham 13 nafar ayol Jerar Depardeni jinsiy zo‘ravonlikda ayblab ko‘rsatma bergan. 

Eslatib o‘tamiz, marhum pop-yulduzi Maykl Jekson o‘limidan so‘ng ham pedofiliyada ayblangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jerar Depard'e jinsiy tajovuz Obiliks Sharlotta Arnol'd Anuk Grinberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing